Sohaga oid maqolalar G'iyos Xusan o'g'li Dustmurodov (Iqtisodiyot va pedagogika universiteti, Samarqand kampusi)

Ona tili fanini o'qitishda integrativ yondashuv: nazariy asoslar va amaliy natijalar

Ona tili fanining adabiyot, pedagogika va psixologiya bilan o'zaro bog'liqligi asosidagi tahlil. Badiiy matnlar asosidagi integrativ mashg'ulotlar o'quvchilarning obrazli fikrlashi va matn yaratish ko'nikmasini o'stirgani ko'rsatilgan.

Annotatsiya

Maqolada ona tili fanini o'qitishda integrativ yondashuvning adabiyot, pedagogika va psixologiya fanlari bilan o'zaro bog'liqligi asosida tahlil qilinadi. Integratsiyalashgan ta'lim jarayonining o'quvchilar nutqiy, tafakkuriy va emosional rivojiga ta'siri, fanlararo uzviylik dars samaradorligini oshirish omili sifatida ko'rib chiqiladi. Tadqiqot nazariy va amaliy metodlar uyg'unligida olib borilgan.

Xulosadan

  • Adabiyot, pedagogika va psixologiyani uzviy bog'liq holda qo'llash o'quvchilar nutqiy rivojlanishiga kuchli ijobiy ta'sir ko'rsatgan;
  • Badiiy matnlar asosidagi integrativ mashg'ulotlar tasavvur, obrazli fikrlash, matn yaratish ko'nikmasi va estetik tafakkurni sezilarli o'stirgan;
  • Pedagogik texnologiyalar dars jarayonini o'quvchi shaxsiga yo'naltirib, uni passiv tinglovchidan faol ijrochiga aylantirgan;
  • O'quvchilar tilni nazariy tushuncha emas, hayotiy, ijtimoiy va estetik kontekstda ishlaydigan muloqot vositasi sifatida o'zlashtirgan.

Kalit so'zlar

integrativ yondashuv, fanlararo bog'liqlik, kompetensiyaviy ta'lim, psixolingvistika, interfaol metodlar, til va tafakkur munosabati, lingvodidaktika

Manba

Dustmurodov G'.X. Ona tili fanini o'qitishda integrativ yondashuv: nazariy asoslar va amaliy natijalar // Advances in Science and Education. 2025. Vol. 01, Issue 10. P. 31-33. ISSN 3060-5415. doi: 10.70728/edu.v01.i10.008

Maqolaning to'liq matni yon ustundagi «Faylni yuklab olish» tugmasi orqali ochiladi.