Metodika

Darslik, sohaga oid manbalar, dars ishlanma namunalari va metodik qo'llanmalar — boshlang'ich ta'lim o'qituvchilari uchun.

21 ta material
08 Sohaga oid manbalar

Ona tili. 1-sinf, I qism — darslik

D.Sh. Yuldasheva — «Novda Edutainment», Toshkent, 2023

Savod o'rgatishdan keyingi birinchi qism: tovush va harf, o'zbek alifbosi, unli va undosh tovushlar, bo'g'in va bo'g'in ko'chirish, so'z ma'nosi hamda gap haqida dastlabki tushunchalar.

13 Sohaga oid manbalar

Ona tili. 2-sinf, IV qism — darslik

S.D. Kuranov — «Novda Edutainment», Toshkent, 2023

Yakuniy qism uch mavzuiy bo'limga bo'lingan: «Men va texnoolam», «San'at va men», «Sog' tanda sog'lom aql» — nutq o'stirishga yo'naltirilgan matnlar bilan.

15 Sohaga oid manbalar

Ona tili. 3-sinf, II qism — darslik

D.D. Baynazarova — «Novda Edutainment», Toshkent, 2023

Ega va kesimning qo'llanilishi, ikkinchi darajali bo'laklar, gapda so'zlarning bog'lanishi hamda so'z tarkibi — asos, asosdosh so'zlar va so'z yasovchi qo'shimchalar.

19 Sohaga oid manbalar

Ona tili. 4-sinf, II qism — darslik

D.D. Baynazarova, M.E. Toirova — «Novda Edutainment», Toshkent, 2023

Butun qism kelishiklarga bag'ishlangan: bosh, qaratqich, tushum, jo'nalish, o'rin-payt va chiqish kelishiklari, ular bilan bog'liq mustahkamlash va loyiha ishlari.

20 Sohaga oid manbalar

Ona tili. 4-sinf, III qism — darslik

D.D. Baynazarova — «Novda Edutainment», Toshkent, 2023

Sifat so'z turkumi to'liq yoritilgan: sifatlarning otga bog'lanishi, o'z va ko'chma ma'no, ma'no turlari, yasovchi qo'shimchalar va imlosi; oxirida songa o'tiladi.

21 Sohaga oid manbalar

Ona tili. 4-sinf, IV qism — darslik

D.D. Baynazarova, M.E. Toirova — «Novda Edutainment», Toshkent, 2023

Kishilik olmoshlari va fe'l so'z turkumi: olmoshlarni kelishik qo'shimchalari bilan qo'llash, fe'llarni ma'nosiga ko'ra guruhlash va bo'lishli-bo'lishsiz fe'llar.