Sohaga oid maqolalar Z.A. Xoliqova (Shahrisabz davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti)

Til birliklariga kognitiv yondashuv

Til birliklari alohida tasnif qilinib, ularning kognitiv vazifasi ochib beriladi: konsept, olamning lisoniy manzarasi, freym va script tushunchalari orqali.

Annotatsiya

Maqola til birliklariga kognitiv yondashuv va uning mohiyatini aniqlashga oid. Tavsifiy metoddan foydalanilgan; til birliklari alohida tasnif qilinib, ularning kognitiv vazifasi ochib berilgan.

Maqoladan asosiy fikrlar

  • Tilning kommunikativ vazifasidan tashqari ma'lumot saqlash, tushunchani nomlash, milliy madaniyatni ifodalash va dunyo haqidagi bilimni shakllantirish vazifalari bor;
  • Kognitiv yondashuv tadqiqot obyektini umumlashtirish va leksik ma'nodagi tarkibiy qismlarni tahlil qilish usullarini kengaytiradi;
  • Zamonaviy tilshunoslikning farqi — belgining ifoda va mazmun planiga emas, jarayonni amalga oshiruvchi inson omiliga e'tibor qaratilishida;
  • Kognitiv tilshunoslik tilni ongga bog'liq holda — milliy-madaniy, ruhiy-falsafiy, qomusiy va mantiqiy bilimlar zahirasi bilan birga — o'rganishni maqsad qiladi.

Kalit so'zlar

konsept, kognitiv yondashuv, olamning lisoniy manzarasi, so'z, so'z birikmasi, gap, freym, script

Manba

Xoliqova Z.A. Til birliklariga kognitiv yondashuv. B. 291-293.

Maqolaning to'liq matni yon ustundagi «Faylni yuklab olish» tugmasi orqali ochiladi.