Dars ma'lumotlari
- Sinf: 2-sinf
- Mavzu: O'qib uqmoq kerak
- Dars turi: Mustahkamlovchi dars
- Dars tipi: noan'anaviy
- Metodlar: ko'rgazmali metod, savol-javob, kichik guruhlarda ishlash, hikoya metodi
- Jihozlar: doska, bo'r, darslik, ko'rgazmalar, tarqatma material, individual topshiriqlar
Dars maqsadlari
- Ta'limiy: og'zaki fikr ifodalashda ma'nodosh va zid ma'noli so'zlardan o'rinli foydalanish; matnlarni ravon va ifodali o'qish; so'z va gapni farqlash, so'zlarni biriktirib gap hosil qila olish (OTMT.1.NK.ON.5; OTMT.1.NK.A.O'T.1; OTMT.2.LK.TII.6);
- Tarbiyaviy: atrofdagilar bilan muloqotga kirisha olish, muloqot odobiga rioya qilish (OTMT.1.NK.ON.2);
- Rivojlantiruvchi: matnni qayta ijodiy bayon qila olish, matnning asosiy mohiyatini aniqlash va matn yuzasidan savol bera olish; so'zlarning shakl va ma'no munosabatiga ko'ra turlarini farqlash (OTMT.1.NK.ON.6; OTMT.1.NK.A.O'T.4; OTMT.2.LK.TII.4).
Darsning borishi
- Tashkiliy qism. Salomlashish, davomat, navbatchi axboroti; sana va mavzu doskaga yoziladi.
- O'tgan mavzuni mustahkamlash. «Aql xaritasi» metodi: barcha ko'radigan formatda tayyorlangan xarita doskaga yopishtiriladi, o'quvchilar navbat bilan chiqib o'rgangan ma'lumotini yozadi — takror va chala ma'lumot bo'lmasligi shart qilib qo'yiladi.
- 7-mashq. Namuna o'qib beriladi; o'quvchilar ajratib ko'rsatilgan so'zlarni almashtirib, Jamshid ikkichi emas, a'lochi bo'lib qoladigan matnga o'zgartiradi. 2-3 nafar o'quvchi o'qib beradi, qolganlar o'z matnini to'g'rilaydi.
- 8-mashq. She'r doskada ifodali o'qiladi; o'quvchilar nimani tushunganini aytadi va she'r mazmunini daftariga matn tarzida yozadi.
- 9-mashq. Sinf ikki guruhga bo'linadi; aralash gaplar doskaga alohida yopishtiriladi. Guruh vakillari gaplarni mazmunan ketma-ketlikda joylashtirib, sarlavha topadi.
- 10-mashq. Qarama-qarshi ma'noli so'zlardan foydalanib matnni kichik ertak shaklida yozish. Eng qiziqarli ertak yozgan o'quvchi ertak kitob bilan taqdirlanadi.
- 11-mashq. Matnni o'zgartirib qayta yozish; avval 2-3 o'quvchining matni og'zaki tinglanib tahlil qilinadi.
- Baholash va yakun. Faol ishtirok etgan o'quvchilar baholanadi va rag'batlantiriladi.
Uyga vazifa
12-mashq. Shuningdek, o'quvchilar «Sevimli qahramonim» mavzusida yozgan matni asosida kichik taqdimot tayyorlab keladi.
To'liq ishlanma — jadval, tarqatma va ko'rgazmalari bilan — yon ustundagi «Hujjatni ko'rish» tugmasi orqali shu yerning o'zida ochiladi. Tahrirlash uchun Word (.docx) varianti ham bor.