Dars ishlanma namunalari

Dars ishlanma: «Gapda kesimning qo'llanilishi» (3-sinf, yangi bilim beruvchi dars)

Kesimning gapdagi barqaror o'rnini kashf ettiruvchi dars: «Kim ko'proq, kim tezroq» tezkor savol-javobi, kartochkalar bilan gapni ikki so'zga qisqartirish va «Tabiat» so'ziga sinkveyn tuzish.

Dars ma'lumotlari

  • Sinf: 3-sinf
  • Mavzu: Gapda kesimning qo'llanilishi
  • Dars turi: Yangi bilim beruvchi
  • Dars tipi: noan'anaviy
  • Metodlar: ko'rgazmali metod, savol-javob, kichik guruhlarda ishlash
  • Jihozlar: doska, bo'r, darslik, ko'rgazmalar, tarqatma materiallar, individual topshiriqlar

Dars maqsadlari

  • Ta'limiy: gap va uning qismlarini farqlash, imlosiga rioya qilish; so'zlarga so'roq berish orqali ularni turkumlarga ajrata olish (OTMT.3.LK.TII.10; OTMT.3.LK.TII.6);
  • Tarbiyaviy: munozarada o'z fikrini erkin navbat bilan bayon qilish va asoslash, shaxsiy qarashlarini odob bilan himoya qilish (OTMT.1.NK.ON.2);
  • Rivojlantiruvchi: og'zaki talaffuz me'yorlariga amal qilib to'g'ri va ravon so'zlay olish; hikoya va ertak qahramonlarini, rasm va voqealarni og'zaki tasvirlash (OTMT.1.NK.ON.1; OTMT.1.NK.ON.3; OTMT.1.NK.A.TT.4).

Texnologik xarita (45 daqiqa)

  1. Tashkiliy qism — 3 daqiqa
  2. O'tgan mavzuni mustahkamlash — 7 daqiqa
  3. Yangi mavzuga zamin yaratish — 8 daqiqa
  4. Yangi mavzu bayoni — 10 daqiqa
  5. Yangi mavzuni mustahkamlash — 10 daqiqa
  6. Rag'batlantirish va darsni yakunlash — 5 daqiqa
  7. Uyga vazifa — 2 daqiqa

Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism. Salomlashish, davomat; diqqatni jamlash uchun refleksiya mashqi o'tkaziladi.
  2. O'tgan mavzu — «Kim ko'proq, kim tezroq». Sinf 3 guruhga bo'linadi va nomlanadi; guruhlar ajratilgan vaqt ichida tezkor savollarga javob beradi. O'qituvchi to'g'ri javoblarni sanab boradi, guruhlar 1 ball doirasida baholanadi. Metod tez fikrlash, topqirlik va hozirjavoblikni rivojlantiradi.
  3. Yangi mavzuga zamin. Har bir o'quvchiga kartochka tarqatiladi: ko'rgan suratiga oid bitta gap tuziladi, so'ng shu gap 2 so'zdan iborat ma'noli gapga aylantiriladi. Qaysi so'zlar o'z o'rnida qolgani muhokama qilinib, kesimning o'rni barqarorligi kashf etiladi.
  4. 17-mashq. Rasmli hikoya o'qiladi; doskadagi jadvalga kesimlar va ularning so'roqlari yoziladi. So'ng 2-3 o'quvchi hikoyani egasi bilan bog'lab qisqartirib bayon qiladi.
  5. 18-mashq. «Tabiat» so'ziga sinkveyn tuzish — guruhlar kesimida; tez va to'g'ri bajargan guruh 5 ball tizimida baholanadi.
  6. 19-mashq. Mustaqil topshiriq; birinchi bajargan 10 nafar o'quvchi guruhlar kesimida tahlil qilinadi, a'zosi ko'p bo'lgan guruhga 1 ball beriladi.
  7. Qo'shimcha topshiriq. Daraxt rasmiga kesimlarni yozib chiqish — faol guruhga yana 1 ball.
  8. Baholash va yakun. Faol o'quvchilar baholanadi va rag'batlantiriladi.

Uyga vazifa

20-mashq — sharti o'quvchilarga tushuntiriladi.

To'liq ishlanma — jadval, tarqatma va ko'rgazmalari bilan — yon ustundagi «Hujjatni ko'rish» tugmasi orqali shu yerning o'zida ochiladi. Tahrirlash uchun Word (.docx) varianti ham bor.