Sohaga oid manbalar D.Sh. Yuldasheva — «Novda Edutainment», Toshkent, 2023

Ona tili. 1-sinf, II qism — darslik

Shaxs va narsa nomini, harakatini bildiruvchi so'zlar hamda bosh harf imlosi: ism-familiya, joy nomlari va hayvonlarga qo'yilgan nomlarning yozilishi.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 1-sinfi uchun «Ona tili» darsligining II qismi. Boshlang'ich sinf o'qituvchisi uchun asosiy manba: integrativ-kognitiv topshiriqlar shu darslik mavzulariga tayanib tuziladi.

Kitob haqida

  • Muallif: D.Sh. Yuldasheva
  • Nashriyot: «Novda Edutainment», Toshkent, 2023
  • Hajmi: 88 bet
  • ISBN: 978-9943-9708-8-5
  • Maqomi: Ta'limni rivojlantirish markazi huzuridagi ilmiy-metodik kengash tomonidan tavsiya etilgan

Qismda o'rganiladigan mavzular

  • Shaxs va narsa nomini bildiradigan so'zlar. Kim? Kimlar? Nima? Nimalar?
  • Bosh harf: kishilar ism va familiyasining yozilishi
  • Bosh harf: joylarga atab qo'yilgan nomlar
  • Bosh harf: hayvonlarga atab qo'yilgan nomlar
  • Shaxs va narsa harakatini bildirgan so'zlar
  • Takrorlash va mustahkamlash topshiriqlari

Darslikni yon ustundagi «Hujjatni ko'rish» tugmasi orqali shu yerning o'zida varaqlash yoki yuklab olish mumkin.